So'nggi yangiliklar

Ta’lim sohasida 1 327 ta muassasada 47 003 nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 47,7 %) xodim ishlagan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 152,4 ming so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 14,1 % ga o‘sdi .

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm  viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilildi.

Yig‘ilishda “Boshqarmasi tizimida 2021 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy chora-tadbirlar rejasi” ijrosi yuzasidan o‘tgan davr davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risidagi namunaviy nizom” mazmun-mohiyatiga unda belgilangan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil import qilgan asosiy davlatlar:

2021- yil yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar hududlar kesimida taqsimlanganda

Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Qaror bilan belgilangan Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish tartibiga ko‘ra, ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda —qog‘oz shakli hamda internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlarda yuqori o‘sish Do‘stlik (203,4%), Sharof Rashidov (23,1 %), Yangiobod (22,0 %), Zafarobod (17,7 %), Zarbdor (17,2 %), Zomin (12,0%), va Paxtakor (11,7 %) tumanlarida, shuningdek, Jizzax shahrida (22,7 %) kuzatildi.

2021- yilning yanvar - oktabr oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan 58,6 ming tonna banan import qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,1 ming tonnaga oshgan.

Boshqarmada joriy yilning 24 noyabrda “Mustabid tuzumning 1937-1938 yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan qatag‘on siyosati va uning mudhish oqibatlari” mavzusida davra suxbati tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, oktabr oyida anor narxlari sentabr oyiga nisbatan o‘rtacha 5,2 % ga arzonlashgan.

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida viloyatda 753,6 tonna pilla yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil qildi.

2021 yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 2 233,1 ming taga yetdi.