2023-yilning yanvar-mart oylarida Jizzax viloyati boʻyicha 656,3 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 525,3 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 80,0 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 83,8 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 12,8 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 47,2 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 7,2 % ni tashkil etdi.