So'nggi yangiliklar

Sailjoy mahallasida 2023-yil 22-sentabr kuni o‘tkazilgan Targ‘ibot tadbirida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi 158-sonli qarori to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida aloqa va axborotlashtirish (123,8 %), ta’lim sohasidagi (122,3 %), moliya (120,2 %) xizmatlarida yuqori o‘sish sur’ati qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining kamayishi  me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarda qayd etildi (5,2 %ga).

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 1 013 ta bo‘lib, jami yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning 1,6 %ini tashkil etdi.