02/10/2026

      Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 908,6 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 17 foizga oshgan.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi asosiy turlar bo‘yicha quyidagicha:

savdo xizmatlari — 214,0 trln so‘m;

yashash va ovqatlanish xizmatlari — 173,2 trln so‘m;

moliyaviy xizmatlar — 144,7 trln so‘m;

transport xizmatlari — 141,7 trln so‘m;

aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 71,4 trln so‘m;

boshqa xizmatlar — 44,6 trln so‘m;

ta’lim sohasidagi xizmatlar — 30,7 trln so‘m;

ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 22,3 trln so‘m;

shaxsiy xizmatlar — 16,3 trln so‘m;

sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 16,0 trln so‘m;

me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 12,7 trln so‘m;

kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 10,7 trln so‘m;

ijara xizmatlari — 10,3 trln so‘m.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech