Rasmiy nomi
Jizzax viloyat statistika boshqarmasi;
Ingliz tilida:
Jizzakh regional department of statistics;
Rus tilida:
Управление статистики Джизакской области.
Huquqiy asos |
---|
- O‘zbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli Qonuni
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilning 24-fevralda qabul qilingan “Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–75-sonli qaror 2-ilovasiga asosan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomi".
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 4796- sonli qarori
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 6- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 690- son qarori
Asosiy vazifalari |
---|
- hudud darajasida rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatni milliy statistika tizimi qonunchiligi doirasida muvofiqlashtirish, statistika uslubiyotlari va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishda ishtirok etish;
- foydalanuvchilar ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa xususiyatga ega dolzarb statistika ma’lumotlarini yig‘ish, ularni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash jarayonlarini tashkil etishda ishtirok etish;
- Milliy statistika qo‘mitasi o‘z faoliyatiga tatbiq etgan xalqaro darajada umumqabul qilingan rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari asosida sifatli va ishonchli statistika ma’lumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan ta’sirchan mexanizmlarni amaliyotda qo‘llash;
- statistika ma’lumotlarini tayyorlash jarayonlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, o‘z axborot tizimlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarning axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlashda ishtirok etish;
- hududiy darajada ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning yuqori darajada amalga oshirilishini ta’minlash;
- hududiy darjada kadrlar salohiyatini hamda yuklangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning mas’uliyatlarini oshirish.
Ustivor yo‘nalishlar |
---|
- makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish;
- integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish;
- “mahalladan — respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash;
- xorijiy statistika organlari hamda sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ular yordamida kadrlar salohiyatini oshirish;
- aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari ehtiyojidan kelib chiqib yangi statistik mahsulot va xizmatlarni joriy etish.
Huquqlari |
---|
- respublika va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, banklardan, boshqa yuridik shaxslardan (zarur hollarda – ularning vakolatxonalari va filiallaridan) statistika hisobotini belgilangan tartibda olish hamda undan statistika maqsadlarida foydalanish;
- respublika va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, davlat tashkilotlaridan statistika ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni (ularni ishlab chiqishning istalgan bosqichida), shuningdek ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni so‘rash va olish;
- yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlardan, shuningdek, yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning registrlari va axborot bazalarini shakllantiruvchi va yurituvchi davlat organlari va ularning idoraviy mansub tashkilotlaridan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va faollashtirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish;
- yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining statistika kuzatuvlarini Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllar va metodologiya bo‘yicha olib borish va olingan ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish;
- statistika kuzatuvlarining metodologiyasi va tashkil etilishi, shuningdek rasmiy statistika axborotlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
- rasmiy statistika ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanish va talqin qilish holatlarini ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha tushuntirishlar berish;
- rasmiy statistikani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan statistika ma’lumotlarini yig‘ishga jismoniy va yuridik shaxslarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida jalb etish, ishtirok etganligi uchun moddiy rag‘batlantirishni mustaqil ravishda amalga oshirishni tashkil etish;
- yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida statistik, konsalting, tahliliy, axborot, noshirlik va statistika dasturidagidan tashqari boshqa xizmatlarni ko‘rsatish hamda ekspertlar, konsultantlar va tashkilotlarni (shu jumladan xorijiy) jalb etish;
- statistika kuzatuvlarida ishtirok etgan respondentlarni moddiy rag‘batlantirish qiymatlari va shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflarini mustaqil ravishda belgilaydi;
- olinayotgan statistika ma’lumotlarining to‘liqligi, ishonchliligi va xolisonaligini tahlil qilish;
- statistika ma’lumotlarida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish va Milliy statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda hudud bo‘yicha yig‘ma statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish;
- statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq ma’muriy jazo choralari ko‘rish;
- statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qo‘llaniladigan ma’muriy jarimalardan tushumlar hisobiga Milliy statistika qo‘mitasining maxsus jamg‘armasini shakllantirishda ishtirok etish va undan belgilangan tartibda foydalanish;
- Milliy statistika qo‘mitasi bilan kelishgan holda statistika kuzatuvlarini olib borish uchun shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etish; o‘z vakolati doirasida kengash va ekspert organlari (kengashlar, komissiyalar, guruhlar) tuzish;
- Milliy statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda statistika masalalari bo‘yicha xalqaro seminarlar va kengashlar ishida qatnashish;
- shartnoma asosida statistik, tahliliy, axborot xizmatlari va Statistika dasturidan tashqari boshqa xizmatlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rsatish;
- qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, rag‘batlantirish, mukofotlash va rag‘batlantirishning boshqa turlarini amalga oshirish;
- Milliy statistika qo‘mitasi topshirig‘iga ko‘ra alohida vazifalarni bajarish uchun funksional bo‘linmalar tashkil etish.
- Boshqarma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.