10/12/2025

      Boshqarmada “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan seminar tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-200-sonli farmongа muvofiq hаr yili an'anaviy tarzda Aksilkorrupsiya oyligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.Bugungi kunda O‘zbekiston siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish davrini boshdan kechirmoqda, ochiq, raqobatbardosh, jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotga aylanishga intilmoqda. Ezgu maqsadlarga erishish uchun korrupsiyaga qarshi kurashish, uning kelib chiqishiga sharoit yaratib berayotgan omillarni bartaraf etish, oldini olish, uni tag-tomiri bilan yo‘q qilishga ham jiddiy kirishildi. Ushbu rejalarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida mamlakatimizda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi va amalga oshirilmoqda. Yig‘ilishda davomida Aksilkorrupsiya oyligida belgilangan vazifalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Tadbir so‘ngida qatnashchilar tomonidan mavzu yuzasidan savollar bilan faol qatnashdilar.