O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarorida ko‘zda tutilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 23-dekabr kuni Jizzax viloyati Milliy gvardiya boshqarma xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi mas'ul xodimlari qatnashdi.Tadbir davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirishning asosiy tashkiliy bosqichlari, idoralararo hamkorlik masalalari hamda aholi o‘rtasida xabardorlikni oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
23/12/2025



