Zarbdor tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.Seminarda Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Raqamlashtirish va statistik registrlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i M. Muradov ishtirok etib, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, ijtimoiy xodimlar hamda tegishli tashkilotlar vakillariga ro‘yxatga olish jarayonining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish tartibi hamda elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha batafsil tushunchalar berdi.Shuningdek, ro‘yxatga olish ishlarini aniqlik, xolislik va mas’uliyat bilan olib borish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.Mazkur seminar statistik ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash hamda hududlarni rivojlantirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
08/01/2026



