06/01/2026

      Zomin tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.Mazkur seminarda mahalla raislari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etib, ro‘yxatga olish tadbirlarining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish tartibi, shuningdek, elektron axborot tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha batafsil tushunchalarga ega bo‘ldilar.Seminar davomida mutaxassislar tomonidan ro‘yxatga olish jarayonini aniqlik, xolislik va yuksak mas’uliyat bilan olib borish muhimligi alohida ta’kidlanib, amaliy tavsiyalar berildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi hamda jarayonda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar yuzasidan tushuntirishlar o‘tkazildi.Ushbu o‘quv seminari kelgusida statistik ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda asosli va puxta qarorlar qabul qilish uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.