19/12/2025

    2025-yil 19-dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan Jizzax viloyati Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi xodimlari uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminar xodimlarning ro‘yxatdan o‘tish platformasidan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ma’lumotlarni kiritish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichlarini puxta egallashlariga yordam berish maqsadida tashkil etildi.