Jizzax viloyati Pedagogika Universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.Seminarda Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi J.Sangirov ishtirok etib, Pedagogika Universiteti O'qituvchilari hamda vakillariga ro‘yxatga olish jarayonining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish tartibi hamda elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha batafsil tushunchalar berdi.Shuningdek, ro‘yxatga olish ishlarini aniqlik, xolislik va mas’uliyat bilan olib borish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.Mazkur seminar statistik ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash hamda hududlarni rivojlantirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
12/01/2026



