Sharof Rashidov tumanida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” jarayoniga tayyorgarlik ishlari barcha tashkilotlarda bosqichma-bosqich, seminarlar shaklida izchil davom etmoqda. Asosiy maqsad — ro‘yxatga olish jarayonida ma’lumotlarni elektron tizimlarga aniq, ishonchli va sifatli kiritilishini ta’minlashdan iborat. Shu doirada bugun Sharof Rashidov tumani bank xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarga viloyat statistika boshqarmasi Sanoat va energetika statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi rahbarlik qildi. Mashg‘ulotlar davomida elektron so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, aholidan va xo‘jalik sub’ektlaridan olinadigan ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish, xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi. Shuningdek, har bir kiritilayotgan ma’lumot mamlakat statistikasi hamda tumanning kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlab o‘tildi.




16/12/2025



