So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 21- iyun kuni Arnasoy va Zafarobod tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 18- iyun kuni Yangiobod tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Xalqaro statistika kongressi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti barcha davlatlarga davriy ravishda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishni tavsiya etadi.

Shahar va tumanlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining  viloyat  jami hajmidagi eng yuqori ulushi Jizzax shahriga to‘g‘ri keldi

Aholini ro‘yxatga olishda qanday usullardan foydalaniladi?

Ma’lumki, BMTning 2015 yil 10 iyundagi “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro’yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilingan va unga asosan, BMTga a’zo davlatlar har o‘n yilda kamida bir marta aholini ro’yxatga olishni o‘tkazishi belgilab qo’yilgan.

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 17- iyun kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasining majlislar zalida viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi, Maxalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi va tuman shahar bo‘limlari (onlayn), Davlat kadastr palatasi Jizzax viloyati bo‘limi va tuman shahar bo‘limlari mas’ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori yuzasidan statistika tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va kartografik ma’lumotlarni tayorlash  yuzasidan o‘quv  amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 17- iyun kuni Forish tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning yanvar-may oylari yakuni bo‘yicha Jizzax viloyat chakana savdo tovar aylanmasi 3 059,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,9 % ni tashkil etdi.

Multiindikator klaster kuzatuvlari shu yilning 5- apreldan buyon o‘tkazilmoqda.Hozirgi kunda MICS kuzatuvchilari Mirzacho‘l tumani “Mirzadala” ShFYda davom etishmoqda. 

Joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatda jami 1116,5 mlrd  so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020-yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ga o‘sdi.

Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish amalga oshiriladigan savollar ro‘yxati aholini ro‘yxatga olish dasturidir. 

Davra suhbatida boshqarma boshlig’ining birinchi o’rinbosari D.Mulladjanov so’zga chiqib, o’z so’zida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi bo’yicha o’z fikr mulohazalarini bildirib yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha topshiriqlar belgilab berdi.

Avval xabar berganimizdek, multiindikator klaster kuzatuvlari shu yilning 5- apreldan buyon o‘tkazilmoqda.Hozirgi kunda MICS kuzatuvchilari Arnasoy tumani “Oltin vodiy” QFYda davom etishmoqda. 

Davra suhbatida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Sharipov so‘zga chiqib, o‘z so‘zida “Ajdodlar mardona ruhi bizga yor!” mavzusida tashkil etilgan bugungi tadbir to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalarini bildirib tadbirni ochib berdi. Shu bilan birga Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Faqat taxminlarga tayanib ish ko‘rgan odam yutqazadi. Tavakkalchilik, bashoratgo‘ylik ma’lum jabhalardagina zarur. Aniq statistika esa har sohada kerak. Busiz rivojlanish haqida gapirish o‘rinsiz. Ayniqsa, hozirgi tez o‘zgarib borayotgan zamonda!