2023-yilning yanvar-aprel oylarida Jizzax viloyatida jami 1,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 4,9 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 71,3 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 23,8 % ni tashkil etdi.