So'nggi yangiliklar

2021– yilning 1– oktabr holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 920,1 ming taga yetdi.

2021- yil 1- dekabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 1 391 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  3,8 % ga oshdi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 84 ta muassasada 19 319 nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 19,6 %) xodim ishlagan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1901,3 ming so‘mni tashkil etib, 2020 - yilning mos davriga nisbatan 3,7 % ga o‘sdi.

2020/2021- o‘quv yili boshiga kompyuter sinflariga ega bo‘lgan umumta'lim muassasalari soni 9923 tani tashkil etgan.Mazkur umumta'lim muassasalarida jami 13240 ta kompyuter sinflari mavjud.

 2021- yil 10- dekabr kuni soat 13:00da Jizzax politexnika institutida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Unda boshqarma xodimlari, institut oqituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Viloyat bo‘yicha 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 964,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yil yanvar-oktabr oylariga nisbatan  8,5 % ga oshdi.

2020/2021-o‘quv yili boshida mamlakatimizda kasb-hunar maktablari soni 339 tani tashkil etgan, ularning hududlar bo‘yicha soni quyidagicha:

2021- yilning  yanvar-sentabr oylarida viloyat bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 0,8 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar

2021- yil yanvar-sentabr oylarida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino  va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 82,3 % i yoki 1741,2 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.