So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 2- noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sababli ko‘pgina davlatlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddatlarini keyingi yillarga ko‘chirish choralarini ko‘rishmoqda. Jumladan, 2020- yilda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Armaniston Respublikalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yilga ko‘chirildi.

2020/2021- o‘quv yili boshiga viloyatimizda umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 10-11-sinf o‘quvchilarining soni  38,6 ming nafarni tashkil etgan, ularni hududlar bo‘yicha soni quyidagicha:

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida bo‘lib kelyapti. Mazkur masala bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, MDH davlatlararo Statistika qo‘mitasi kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinmoqda.

Sanoat sohasida 35 ta korxonada 12 311 nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 12,5 %) xodim ishlagan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2428,6 ming so‘mni tashkil etib, 2020 - yilning mos davriga nisbatan 106,9 % ga o‘sdi.

2021– yilning yanvar– sentabr  oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 303,9 ming t. sabzavotlar (2020– yilning yanvar– sentabriga nisbatan 1,7 % ga ko‘p) yetishtirildi. Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot yetishtirish umumiy hajmidan 58,8 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

2021– yilning 1– oktabr holatiga ko‘ra, parrandalarning umumiy bosh soni 3 573,4 ming taga yetdi.2020– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni – 61,8 ming taga,yani 1,8 %ga ko’paydi.

Birinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) hisoblashda foydalaniladi.

Jizzax shahar statistika bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 4- oktabr kuni  Sharof Rashidov tumani Yangiobod MFYda  sinov tariqasida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bo‘yicha videolavha

Aholini ro‘yxatga olish – O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o‘tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish va ularga ishlov berish hamda yakuniy ma’lumotlarni tarqatish va foydalanishning davriy jarayoni hisoblanadi.

2021– yilning yanvar– sentabr  oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda  155,8 ming t. go‘sht (2020– yilning yanvar–sentabriga nisbatan 0,9 % ga ko‘p) yetishtirildi. Go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht yetishtirish umumiy hajmidan 98,0 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining ulushi 61,2 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida bino va inshootlar qurilishi ishlarining umumiy hajmida eng yuqori ulush Jizzax shahrida qayd etildi (ushbu hududda qurilish ishlari umumiy hajmining 37,6 % i yoki 796,0 mlrd. so‘m), shuningdek, Sh. Rashidov tumanida (ushbu hududda qurilish ishlari umumiy hajmining 16,2 % i yoki 341,9 mlrd. so‘m), G‘allaorol tumani ham (ushbu hududda qurilish ishlari umumiy hajmining 6,3 % i yoki 133,7 mlrd so‘m), yuqori ulushga ega.

2021- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Jizzax viloyati aholisining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 76,8 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 16,4 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

Ma’lumki yurtimizda aholini royhatga olish yuzasidan keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi. Albatta bu bugungi kun zarurati o‘laroq amalga oshirilmoqda. Yurtimizda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish jarayoni bundan 32 yil avval bo‘lib o‘tgani bu masalaning hozirda qanday ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib beradi.

Bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sababli ko‘pgina davlatlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddatlarini keyingi yillarga ko‘chirish choralarini ko‘rishmoqda. Jumladan, 2020- yilda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Armaniston Respublikalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yilga ko‘chirildi.

2021– yilning yanvar– sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5 100,0 t. (2020– yilning yanvar– sentabriga nisbatan 0,3 % ga ko‘p) baliq ovlandi. Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan 48,0 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.