Joriy yilning 4-may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezdenti huzurudagi statistika agentligi Qurulish bo'limi boshlig'i D.Shermatov hamda Jizzax viloyati statistikasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari G’.Tangriyev Jizzax shaxrida 4-TJ tanlanma kuzatuvi o‘tkazilish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, D.Shermatov Jizzax shahri statistika bo‘limi intervyuyerlari tomonidan o‘tkazilayotgan 4-TJ so‘rovnoma kuzatuvida qatnashdi hamda xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi. Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlarga kerakli topshiriqlar berdi.