27/11/2025

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmonining 8-bandiga asosan (davlat organlari va tashkilotlari hamda yirik korxona va tashkilotlar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni) 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar census.stat.uz (https://census.stat.uz/) portalida ro‘yxatdan o‘tishini tashkil etishda ishtirok etadigan xodimlar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.Seminarda, aholini ro‘yxatga olish jarayonida davlat organlari va tashkilotlari hamda yirik korxona va tashkilotlar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarga doir ma’lumotlarini yig‘ish va ularga nisbatan so‘rovnomalarni to‘ldirish tartiblari alohida ta’kidlandi.Mazkur seminar aholi va qishloq xo‘jaligi ma’lumotlarini to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda ro‘yxatga olish tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tkazishga qaratilgan.