10/05/2023

     2023- yil 1- aprel holatiga ko'ra, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar o'sish sur'ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 121,8 foizni tashkil etdi. Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko'rsatdiki:  mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko'ngilochar parklar yashash bo'yicha xizmatlar yo'nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2023- yil 1- aprel holatiga ko'ra, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 7,8 foiz ulushini tashkil etdi; - restoran va buyurtma bo'yicha oziq–ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo'yicha xizmatlar yo'nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasining 92,2 foiz ulushini tashkil etdi.