So'nggi yangiliklar

2023-yil yanvar oyida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 778,1 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,4 % ga yetdi. Oʻz navbatida, ushbu xizmatlarning eng yuqori ulushi Toshkent shahri (51,4 foiz) hamda Toshkent viloyati (8,4 foiz) hissalariga toʻgʻri kelmoqda.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 51,9 % ni, sanoat – 13,1 % ni, qurilish – 5,6 % ni va xizmatlar sohasi – 29,4 % ni tashkil etdi.

2023-yilning fevral oyida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha 14 921 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Jizzax viloyati  bo‘yicha jami 3 292,9 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

2022– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 13 992,7 t. (2021– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 2,2 % ga ko‘p) baliq ovlandi. Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan 68,7 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

2023– yining 1– yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 6,4 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga, 90,2 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 3,4 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim

2023– yilning 1 yanvar holatiga barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 449,7 ming t. sabzavotlar (2021– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 3,0 % ga ko‘p) yetishtirildi. Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot yetishtirish umumiy hajmidan 53,9 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning fevral oyida unlarning narxida pasayish kuzatildi. Oy davomida ularning narxi respublika boʻyicha oʻrtacha 1,6 % ga, jumladan, oliy navli un 1,3 % ga, 1- navli un 1,7 % ga pasaydi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida 40,7 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 27,9 promilleni tashkil etdi

2023- yil 1- fevral holatiga ko'ra, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 1 559 tani tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 110,2 foizga oshdi. 

2023-yil yanvar-fevral yakunlari boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 1 097,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Ushbu hajmning nisbatan yuqori ulushi shifoxona muassasalarining xizmatlari - 42,2 %. Shifokorlik amaliyoti va stomatologiya sohasidagi xizmatlar - 26,9 %, sogʻliqni saqlash sohasidagi boshqa xizmatlari - 30,9 % ni tashkil etdi.

2023- yil 1- mart holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 161 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 barobarga oshgan. Ularning so’nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

2022- yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 888,3 trln. so‘mga yetdi. YAIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 484,7 trln. so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida 343,4 trln. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 60,3 trln. so‘mni tashkil etdi.

2023- yil 1- mart holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 429 031 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan. Ularning so’nggi yillardagi dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

2023-yilning yanvar-fevral oylarida ijara xizmatlarining hajmi 1 004,1 mlrd. soʻm yoki umumiy koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1,6 foizni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 22,4 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 21,8 %ni tashkil etgan.