So'nggi yangiliklar

2022– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 673,8 ming t. sut (2021– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 3,6 % ga ko‘p) yetishtirildi. Sut yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sut yetishtirish umumiy hajmidan 97,3 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida O’zbeksiton Respublikasi bo‘yicha 76401,1 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 28,3 % ni tashkil etdi. Ulardan 47717,1 mlrd. so‘mi xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan o‘zlashtirilib, jamiga nisbatan ulushi 42,5 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- aprel holatiga respublikamizda jami 35 106 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ulardan 1 291 tasi joriy yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etildi.

2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.

2023- yilning 1-yanvar holatiga umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligi 4 726,1 km. ga teng. Umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligida elektrlashtirilgan temir yoʻllarning ulushi 40,9 % ni tashkil etdi.

Tanlanma kuzatuvlar doirasida oziq-ovqat,  mahsulotlarining narxlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning narxlari o‘rganilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 265,7 tonna mayonez ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 10,1 % ga oshgan.

Hozirgi paytda mamlakatda aholini ro‘yxatga olish xalqaro me’yorlar asosida o‘tkaziladi. Har 10 yilda o‘tkaziladigan bu tadbirda aholi an’anaviy: yoshi, jinsi, ma’lumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turarjoyi va uning maishiy asboblar bilan jihozlanishi kabi savollarga javob berishi kerak bo‘ladi.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 9 ta xorijiy davlatga qiymati 9,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 30 ta xorijiy davlatdan 5,6 ming tonna shokolad import qilgan.

2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2023- yil 1- mart holatiga ko'ra, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar o'sish sur'ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 124,8 foizni tashkil etdi.

Jizzax viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 16972,8 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport hajmi 11709,4 ming AQSH dollari, import hajmi esa 5263,4 ming AQSH dollariga yetdi.

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llabquvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 735,2 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2022 yilning mos davriga nisbatan 95,3 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 45,7 % ni tashkil etdi

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-fevral oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlabchiqarishning ulushi 38,0 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 124,9 % ni tashkil etgan.