07/04/2023

Joriy yilning 5- 6 aprel kunlari Statistika Agentligi Aholi turmush darajasi statistikasi va uy xo‘‌jaliklari kuzatuvlari boshqarmasi boshlig‘i Umid Madaminov, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G‘.Tangriyev  hamda Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘‌jaligi kuzatuvlari bo‘‌limi mutaxassislari  bilan birgalikda Mirzacho‘l  tumani Ipak yo‘li mahallasida yashovchi  respondent Jurayeva Sveta va Mirzadala mahallasida  yashovchi respondent Tog‘ayeva Xursanoy xonadonida va Forish  tumani Mustakillik maxallasida yashovchi  respondent  O‘ralov  Puharboy  xonadonlarida nazorat tekshiruvi o‘‌tkazishdi. Kuzatuvdan olingan ma’lumotlarning qanchalik  muhim ahamiyatga ega ekanligi va ushbu ma’lumotlar asosida viloyatimiz aholisining turmush darajasiga oid ko‘rsatkichlar shakllantirilishi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.

 

Axborot xizmati

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish