07/04/2023

2023- yil 1- mart holatiga ko'ra, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar o'sish sur'ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 124,8 foizni tashkil etdi. Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko'rsatdiki: - mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko'ngilochar parklar yashash bo'yicha xizmatlar yo'nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2023- yil 1-mart holatiga ko'ra, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 7,6 foiz ulushini tashkil etdi; - restoran va buyurtma bo'yicha oziq–ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziqovqat va ichimliklar yetkazish bo'yicha xizmatlar yo'nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasining 92,4 foiz ulushini tashkil etdi.

 

Axborot xizmati

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish