So'nggi yangiliklar

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida bo‘lib kelyapti. Mazkur masala bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, MDH davlatlararo Statistika qo‘mitasi kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinmoqda.

Yangiobod tumanida “GRAPPA” MChJ tomonidan 500 gektar maydonda uzumzor tashkil etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 31,5 mlrd.so‘mni, ishlab chiqarish quvvati esa 10 ming tonnani tashkil qiladi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimiz aholisining shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi 10 000 аhоliga 27 nafar shifokorni tashkil etadi.

2021- yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 448,6 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan ushbu xizmatlar hajmi 12,2 % ga oshdi.

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini organishda mamlakat hududida otkazilgan aholi royxati ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqarmada 2021 yil 17 avgustida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligini keng nishonlash maqsadida, "Mustaqillikning  huquqiy negizlari"  mavzusida davra suhbati tashril etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 1991- yilda doimiy aholi soni 20,6 mln. kishini tashkil etgan.

Viloyatimizda joriy yilning birinchi yarim yilligida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 130,8 mln. dona tuxum yetishtirildi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida  viloyatda jami 1606,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan  104,2 % ni tashkil etdi.

2021- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, 2771 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi. Jami yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 118,8 foizga oshdi.

Open data Inception” ma’lumotiga ko‘ra jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston 99 ta ochiq ma'lumotlar manbalari bilan ochiq ma'lumotlar manbalari soni mavjudligi  bo‘yicha jahonda 5-o‘rinni egalladi.

Ma’lumki yurtimizda aholini royhatga olish yuzasidan keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi. Albatta bu bugungi kun zarurati o‘laroq amalga oshirilmoqda. Yurtimizda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish jarayoni bundan 32 yil avval bo‘lib o‘tgani bu masalaning hozirda qanday ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib beradi. Misol uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zo mamlakatlarni har 10 yilda aholini to‘liq ro‘yxatga olishni tavsiya etadi, chunki bu kelgusi dekadalarda mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik qarorlarni qabul qilish uchun asos bo‘la oladigan ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlanish imkonini beradi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 66 679,9 mlrd. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil qildi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2021- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 2712,0 tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning yangi bosqichi doirasida so‘nggi yillarda milliy statistika sohasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, islohotlarning muhim yo‘nalishi sifatida statistika sohasining qonunchilik asoslarini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2021- yil boshida jami 265 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari inobatga olinmagan) tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yilning 1- iyun kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.