30/03/2023

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada sigirlarning umumiy bosh soni 4 965,7 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,1 % ni tashkil qildi.Sigirlar umumiy bosh sonining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (14,8 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Qashqadaryo (11,2 %) va Buxoro (8,8 %) viloyatlarida ham sigirlar bosh sonining yuqori koʻrsatkichlari kuzatildi.

 

Axborot xizmati