Boshqarmada Birinchi chorak davomida qilingan ishlar va Jizzax viloyati statistika boshqarmasi tizimida “korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar to‘g‘risida boshqarma bosh yuriskonsul'tining ma'ruzasi tinglandi. Bugungi kunda jahon hamjamiyati shunga amin bo‘lmoqdaki, korrupsiya illati, odam savdosi, terrorizm, giyohvandlik vositalari savdosi, qurolyarog‘ savdosi kabi xalqaro jinoyatlar bilan bevosita bog‘liq. Umuman olganda, korrupsiya ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan qaraganda huquqni himoya qilish organlarining faoliyatiga jiddiy putur yetkazadi.Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolar-ning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sosialiqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratadi, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta'minlashga ko‘maklashadi.Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi kurashish uchun aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarar jazolash tamoyilini tadbiq etish keltirilganligi ta‘kidlab o‘tildi.
Axborot xizmati