So'nggi yangiliklar
Kontent va ommaviy axborot vositalari sektorining umumiy hajmida eng ko'p ulushni dasturlar tuzish va teleradioeshittirishlar bo‘yicha xizmatlar – 39,6 %, boshqa axborot xizmatlari – 28,3 %, shuningdek, kitoblar, davriy nashrlar nashr qilish bo‘yicha xizmatlar va boshqa noshirlik xizmatlari – 22,1 % ni egallaydi.
2022- yilning yanvar-noyabr oylarida avtomobil transporti xizmatlari bo‘yicha Qashqadaryo (10,2 %), Samarqand (9,6 %), Surxondaryo (9,2 %) va Navoiy (8,9 %) viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida (8,6 %) yuqori o‘sish kuzatildi. Ushbu sohadagi xizmatlar hajmining nisbatan pastroq o‘sish sur'ati Farg‘ona viloyatida (103,9 %) qayd etildi.
13/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 9770,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 108,1 % ni tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4,6 % ga o‘sdi.
13/01/2023 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 511,6 tonna vafli ishlab chiqarilgan bo‘lib, mazkur ishlab chiqarish bo‘yicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur’ati 4,6 martani tashkil etdi.
12/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2021-yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalarda mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) sotishdan olingan sof foydasi 22 567,7 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 6 856,7 mlrd. soʻmga koʻpaygan. Shuningdek, jami kichik korxonalar tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) sotishdan olingan sof foydaning 5,4%i ayol tadbirkorlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Joriy yilning noyabr oyida 2021-yilning dekabridagi narxlarga nisbatan mevalar oʻrtacha 6,7 % ga arzonlashgan.
12/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, to‘qimachilik va mo‘ynali buyumlarni yuvish va kimyoviy tozalash bo‘yicha xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan – 194,2 mlrd. so‘m.
12/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 7 369,0 ming tonna yarim dudlangan va dudlangan kolbasalar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 113,5 % ni tashkil etdi.
2022- yilning dekabr oyida respublika bo‘yicha 28 395 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
11/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2023- yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 592 371 tani tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 93 141 tani tashkil qildi (ulushi 15,7 %).
11/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 9 087,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda yalpi hududiy mahsulot (YAHM) tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 49,7 % ga yetdi va 2018- yilning mos davriga nisbatan 4,5 foiz punktga kamaydi.
Joriy yilning 10- yanvar kuni Jizzax viloyat statistika boshqarmasi boshligi D.Mulladjanov hamda Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo'limi intervyuyeri A. To'raqulov bilan birgalikda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan Jizzax shahar Olmazor mahallasi 6 uy 35 -xonadonda yashovchi Ibragimova Dilafruz xonadonida yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.
Sanoat tovarlari importi asosan kauchuk mahsulotlar(0,1 mln. AQSH dollari), metallardan tayyorlangan buyumlar (2,1 mln. AQSH dollari), toʻqimachilik yigirilgan ipi, matolar, tayyor buyumlar va shunga oʻxshash mahsulotlar (14,2 mln. AQSH dollari), quyma temir va po‘lat (9,6 mln. AQSH dollari) va boshqalardan tashkil topgan.
10/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 30 923,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021-yilga nisbatan ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlarining o‘sish sur’ati 108,3 foizga yetdi.
2022-yilning dekabr oyida noutbuk narxlari noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,4 % ga qimmatlashgan.
10/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-noyabr oylarida sport, ko‘ngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlarning eng yuqori o‘sishi Surxondaryo (57,0 %), Toshkent (46,4 %), Navoiy (43,2 %) viloyatlarida, hamda Toshkent shahrida (23,5 %) qayd etildi.
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 26 ta davlatga qiymati 78,4 mln. AQSH dollariga 102,8 ming tonna mosh eksport qilgan.
187-sahifa 249 dan