2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, shaxsiy xizmatlar hajmi 2 436,0 mlrd. soʻmga teng boʻldi.Koʻrib chiqilayotgan davrda jami koʻrsatilgan shaxsiy xizmatlar hajmida sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlarining ulushi 65,2 %ni tashkil etib hajmi 1 588,3 mlrd. soʻmga yetdi.