So'nggi yangiliklar
24/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 16 535,8 tonna misdan quvurlar va trubkalar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 142,0 % ni tashkil etdi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 2 726,0 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi.
23/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yil yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog’ida 55 522,7 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Toshkent shahri (24,2 %) eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent va Samarqand viloyatlari 9,3 % va 6,7 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.
23/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-dekabrida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida kichik tadbirkorlik umumiy hajmiga nisbatan ulushi 95,3 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p ulush Jizzax viloyatida – 98,3 % ni tashkil qildi.
23/02/2023 • So'nggi yangiliklar
O'zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 383,8 tonna shinni (melassa) ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 114,9 % ni tashkil etdi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 1 760,6 ming tonna uzum yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni tashkil etdi.
2023-yilning yanvar oyida makaronlar narxlari bir oyda 0,1 % ga oshgan.
22/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 25,0 ming birlikni tashkil etdi. Xizmatlar sohasida 14,5 ming birlik korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda, bu ularning umumiy sonining 58,1 % ni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,6 % ni tashkil etgan.
22/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yil yanvar-dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasida jami 269,9 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Ulardan 57,0 % i yangi qurilishlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha 26,7 % hamda boshqa xarajatlarga 16,3 % investitsiyalar yo‘naltirildi.
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 71,1 % ni tashkil etdi. Jizzax viloyati yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi eng ko‘p bo‘lib, 97,6 % ni tashkil etdi.
22/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 28,3 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 28,5 % ni tashkil etgan.
Statistika agentligining ma‘lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni 19494 ming kishini tashkil etgan boʻlib, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 0,8 foizga koʻpaygan.
Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llabquvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5251,2 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2021 yilning mos davriga nisbatan 115,6 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 47,1 % ni tashkil etdi.
22/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022– yilning yanvar–dekabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 23 999,6 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 23 408,5 mlrd. so‘mni (103,5 %), )o‘rmon xo‘jaligi – 349,7 mlrd. so‘mni (102,3 %), baliqchilik xo‘jaligi – 241,5 mlrd. so‘mni (101,7 %) tashkil qildi.
21/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Jizzax shahri (1139,2 ming so‘m), Zafarobod (1133,4 ming so‘m) tumanida hamda G‘allaorol ( 1618,8 ming so‘m) o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan ( 521,3 ming so‘m) ancha yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.
21/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Jumladan, joriy yilning 21- fevral kuni Jizzax viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i D. Mulladjanov Jizzax shahridagi 4-TJ tanlanma kuzatuvi o‘tkazilish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, D. Mulladjanov intervyuyerlar tomonidan o’tkazilayotgan 4-TJ so‘rovnoma kuzatuvida qatnashdi hamda xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi. Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlar kerakli topshiriqlar berdi.
2022-yil yanvar-dekabr oylarida havo transportida 4 158,5 ming kishi joʻnatilib, 2021-yilning mos davridagi koʻrsatkichga nisbatan 1,4 baravarga oshgan, yoʻlovchi aylanmasi esa 2,1 baravarga koʻpayib, 10 903,4 mln. yoʻlovchi-km.ni tashkil etdi.
179-sahifa 249 dan