So'nggi yangiliklar

2021- yilda Jizzax viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 23 349,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 7,0 % ga o‘sdi.

Davlat statistika qoʻmitasining isteʼmol narxlari kuzatuvi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning dekabr oyida olma narxlari 2021-yilning noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 6,5 % ga qimmatlashgan.Olma narxlari 2021-yil davomida oʻrtacha 23,5 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisining yosh guruhlari boʻyicha tarkibi:

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2021 yil uchun 1-kb (yillik) statistika hisobotini estat 4.0 (hisobot.stat.uz) axborot tizimi orqali
2022- yilning 25- fevralidan (xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar uchun
25- mart
) kechiktirmay elektron ko‘rinishda taqdim etish belgilangan.    

2021- yilda  Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar:

Davlat statistika qoʻmitasining isteʼmol narxlari kuzatuvi maʼlumotlariga koʻra,  2021- yilning dekabr oyida uzum narxlari 2021- yilning noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 30 % ga qimmatlashgan.

2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatining doimiy aholisi soni 1 443,4 ming kishi bo‘lib, shundan ayollar soni 715,8 ming  kishini (jami aholining 49,6 foizi), erkaklar  soni 727,6 ming kishi (50,4foiz)ni tashkil etmoqda.

2021- yil yanvar-dekabr oylarida Jizzax viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 13224,4 mlrd. so‘m hajm o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,0 % ni tashkil qildi.

Joriy yilning 1 yanvar holatiga bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 82,3 % i yoki 2528,1 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Viloyatimizda  2021- yil yanvar- dekabr oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatayotgan  kichik tadbirkorlik subyektlari soni 19463 ta bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanganda:

2021- yilning yanvar - sentyabr oylarida Jizzax  viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida 568,1 ming tonna don yetishtirildi (2020- yilning mos davriga nisbatan 83,2 %), kartoshka – 44,9 ming tonnani (102,5 %), sabzavotlar – 303,9 ming tonnani (101,7 %), poliz ekinlari – 171,2 ming tonnani (102,7 %), meva va rezavorlar – 61,0 ming tonnani (103,0%) hamda uzum – 21,3 ming tonnani (104,8 %) tashkil etdi.

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2020-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 42,9 % ga kamaydi  va 1023,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 12,9 % ulushini tashkil qildi.

2021- yilning dekabr oyida gulqogʻoz narxlari 2021- yilning noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 2,1 % ga qimmatlashgan.

2021- yilda mamlakatimizda sanoat korxonalari  tomonidan 5,1 mln. tonna koʻmir ishlab chiqarilgan.Koʻmir ishlab chiqarish hajmi 2020- yil bilan solishtirilganda 22,3 % ga oshgan.