Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-mart oylarida respublika boʻyicha jami 16,3 ming tonna baliq ovlandi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 100,5 % ni tashkil etdi.
Ovlangan baliq umumiy hajmining eng yuqori ulushi Jizzax viloyati (19,5 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Xorazm (16,4 %), Toshkent (12,9 %) va Buxoro (9,2 %) viloyatlarida ham ovlangan baliqning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.