Respublikamizda 2023-yilning yanvar-aprel oyida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 30 196 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 11 360 ta
sanoat sohasida – 5 178 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 794 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 1 879 ta
qurilish sohasida – 1 665 ta
tashish va saqlash sohasida – 1 498 ta
axborot va aloqa sohasida – 1 045 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 482 ta
boshqa sohalarda – 3 295 tani tashkil etgan.