So'nggi yangiliklar
24/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning tashkiliy rejasi (keyingi o‘rinlarda — tashkiliy reja) hududiy komissiyalar tomonidan tumanlar (shaharlar), Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida tuziladi.
24/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Viloyat statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul 29,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.
24/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Seminar davomida “Jizzax viloyat statistika boshqarmasi tizimida 2021 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy chora-tadbirlar rejasi” ijrosi yuzasidan o‘tgan davr davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. 2021 yil 6 iyul kuni qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-sonli prezident farmoni mazmun-mohiyatiga unda belgilangan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
2021– yilning 1– iyul holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 2 213,9 ming taga yetdi.
23/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 476,1 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 822,3 mlrd. so‘mga oshdi.
23/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning alohida bosqichlarini, uning materiallarini qayta ishlash va natijalarini e’lon qilishning to‘liq davrini avtomatlashtirish maqsadida, zarur bo‘lganda, tashqi pudratchini jalb etgan holda, milliy va xorijiy tajribani inobatga olib, eng yangi texnologik yechimlar bazasida kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratiladi.
Qaror bilan belgilangan shaxsga doir maʼlumotlarni yig‘ish tartibiga ko‘ra, ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda —qog‘oz shakli hamda internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Bugungi kunda viloyatimizda 3717 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
2021– yilning yanvar– iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 651 tonna uzum (2020– yilning yanvar – iyuniga nisbatan 7,7 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Uzum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, uzum ishlab chiqarish umumiy hajmidan 83,4 % i, яъни 543 тонна dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha vakolatli organ – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hisoblanib, ular quyidagi muhim vazifalarni amalga oshiradilar:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 10- maydagi PF-6222-son “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi "2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi PF-6122-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni munosabati bilan, statistika hisobotlarining quyidagi shakllarini topshirish muddatlari 2021-yil 8-sentyabrgacha uzaytiriladi:
19/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2021- yil 1- avgust holatiga ko‘ra 228 tani tashkil etib, ulardan 222 tasi yoki 97,4 % i faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 33 taga yoki 20,0 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
Bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sababli ko‘pgina davlatlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddatlarini keyingi yillarga ko‘chirish choralarini ko‘rishmoqda. Jumladan, 2020- yilda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Armaniston Respublikalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yilga ko‘chirildi.
19/08/2021 • So'nggi yangiliklar
2021- yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 64,9 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 25,4 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.
19/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Jizzax shahar va Sh.Rashidov tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlarida va korxona va tashkilotlarda “Aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 20 ta xorijiy davlatdan qiymati 20,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 15,3 ming tonna choy import qilgan.
18/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida bo‘lib kelyapti. Mazkur masala bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, MDH davlatlararo Statistika qo‘mitasi kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinmoqda.
18/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Yangiobod tumanida “GRAPPA” MChJ tomonidan 500 gektar maydonda uzumzor tashkil etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 31,5 mlrd.so‘mni, ishlab chiqarish quvvati esa 10 ming tonnani tashkil qiladi.
215-sahifa 223 dan