So'nggi yangiliklar

2021- yilning yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra, rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 2,9 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 42,0 % ga oshgan.

Viloyat bo‘yicha 2022- yilning yanvar-may oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 877,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-may oylariga nisbatan 9,5 % ga oshdi.

2022- yilning yanvar-may oylarida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 2,1 % ni tashkil etib, 84,1 mlrd. so‘mga yetdi va 2021- yil yanvar- may oylariga nisbatan 7,5 % ga oshdi. Bunda jami savdo aylanmasining 100,0 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2022-yil yanvar-may oylari holatiga ko‘ra o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2786,0 ming so‘m (2022- yil yanvar-may oylariga nisbatan 112,4 % ga oshdi), hududlarda aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi ko‘rsatkichlarida o‘sish sur’atlari kuzatildi.

Jizzax viloyatida  2022-yil yanvar-may oylarida 16,4 ming tonna dukkaklilar eksporti amalga oshirilgan  2022- yil yanvar-may oylarida Jizzax viloyatida 8 ta xorijiy davlatga qiymati 12,4 mln. AQSH dollariga teng 16,4 ming tonna dukkaklilar  eksport qilingan.

2022- yilning yanvar-may oyilarda ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 3640,8 mlrd.so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 94,2 % ini tashkil etdi.

Fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 31,2 % ni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 0,8 % punktga kamaydi.
Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi mos ravishda 68,4 % (0,5 % punktga ko‘payish) hamda norasmiy sektorning ulushi 0,4 % ni tashkil etdi (0,3 % punktga ko‘paydi).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6257-sonli farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida Kimyogar mahalla fuqarolar yig‘inida davra suhbati tashkil etildi.

2022-yilning yanvar-may oylarida viloyatning Jizzax shahri va Zafarobod tumanidan tashqari barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2022- yilning yanvar-may oylarida, Jizzax viloyatida jami 1244,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar- may oylariga nisbatan 107,8 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 8-yanvarda qabul qilingan Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi 457-sonli Qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida davra suhbati tashkil etildi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-may oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 35,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 101,3 % ni tashkil etgan. Shuningdek, 2022- yilning yanvar-may oylarida  to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 31,2 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 22,8 % ga o‘sgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 1203,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatning eksportyorlari soni 101 tani tashkil etib, ular tomonidan 91,5 mln. AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2021- yilning mos davriga nisbatan 24,8 % ga oshdi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

2021- yilning yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra, Elektr jihozlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 5,2 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 103,3 % ni tashkil etgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-may oylarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 15,0 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 109,5 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-may oylar yakunlariga ko‘ra, oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 12,4 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 25,0 % ga oshdi va ishlab chiqarish hajmi 480,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-may oylarida viloyatning importyorlari soni 272 tani tashkil etib, ular tomonidan 183,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi (2021- yilning mos davriga nisbatan 124,7 %) tovar va xizmatlar import qilinishi ta’minlandi.