So'nggi yangiliklar

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2600,1 mlrd.so‘mni tashkil etdi  va 2021 yilning mos davriga nisbatan 142,5 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 50,5 % ni tashkil etdi.

Xizmatlar sohasi bu – korxonalar,tashkilotlar,shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan turli xil turdagi xizmatlar, ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan holda umumlashtirilgan toifadir.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 111214,0 mln. so‘mni tashkil etdi.

Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.

2021-yil oxiriga Jizzax viloyatida maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi pedagog xodimlarning jami soni 4553 kishini tashkil etgan bo‘lsa, ulardan eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax shaxriga to‘g‘ri keldi va uning soni 722 kishini tashkil etdi.

2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida muzeylar soni 7 tani tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 2 taga ko‘paydi.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-avgustdagi “Imom Buxoriy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida 789-sonli qonuni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha boshqarmada targ‘ibot tadbiri  tashkil etildi.

2022/2023 o‘quv yili boshiga Statistika organlariga taqdim etiladigan “Umumta’lim muassasasining o‘quv yili boshiga” 1 – umumta’lim shakli (yillik) davlat statistika hisobotini 2022-yil 4-oktabrdan kechiktirmay, “Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – estat 4.0 (http://hisobot.stat.uz/uz/login/) orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-iyun oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 30,5 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 99,1 % tashkil etgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 1574,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek,2021- yilning yanvar-iyun oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 31,4 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 110,3 % ni tashkil etgan.

Mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat korxonalari tomonidan 5153,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 107,1 % ni tashkil etdi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2022- yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 77,0 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 1,5 % ini tashkil etdi.

Jizzax viloyatining doimiy aholisi soni 2022-yil 1-iyul holatiga ko‘ra 1457,7 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 14,3 ming kishiga yoki 101,0 % ga ko‘paydi.

2022- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 1 512 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,7 foizga oshdi.

2022– yilning 1–iyul holatiga ko‘ra, otlarning umumiy bosh soni 29 413 taga yetdi.

2021-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 1,1 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 103,5 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning iyul oyida bodring bir oyda 19,0 % ga arzonlashdi. O‘tgan yilning dekabriga nisbatan bodring narxlari 64,2 % ga pasaydi.