2022– yilning yanvar–sentabr oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Baxmal (2380,1 mlrd. so‘m) va G‘allaorol (2197,6 mlrd. so‘m) tumanlariga qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Jizzax shahri (240,1 mlrd. so‘m), Yangiobod (380,2 mlrd. so‘m) va Arnasoy (798,4 mlrd. so‘m) tumanlarini keltirib o‘tish mumkin.
Viloyat ko‘rsatkichidan (103,4 %) yuqori o‘sish sur’atlari
Forish (113,9 %), Mirzacho‘l (113,6 %), Paxtakor (111,2),
G‘allaorol (110,2), Baxmal (106,2), tumanlari va Jizzax shahrida (105,1 %) kuzatildi.
Zomin (102,1 %), Yangiobod (102,9), Zafarobod (101,5), Zarbdor (100,5 %),
Do‘stlik (95,3 %), Arnasoy (78,2 %) tumanlari esa aksincha o‘sish sur’atlari pastligi kuzatildi.
Axborot xizmati
Axborot xizmati