So'nggi yangiliklar

Jizzax viloyati hududida 2021 yil holatiga 160 ta masjid faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tasavvur qiling, qo‘lingizda O‘zbekiston xaritasi va unga qarab hududlarga doir birlamchi ma’lumotlarni aytish mumkin.

2021 yil 1 iyul holatiga yashash va ovqatlanish xizmatlari yo‘nalishida hududlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar:

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 16 mart kuni “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston RespublikasiningQonuni imzolandi. Mazkur Qonun, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O‘zbekiston tarixidan o‘rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo‘q edi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil yanvar-iyun oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 2 518 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.

Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish amalga oshiriladigan savollar ro‘yxati aholini ro‘yxatga olish dasturidir.

Respublika miqyosida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari ishtirok etadi, hududlarda ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, materiallarni avtomatlashtirilgan holda qayta ishlash, dastlabki yakunlarni sarhisob qilish va natijalarni e’lon qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, tumanlar va shaharlar statistika bo‘limlari xodimlari jalb etiladi.

Mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma’lumotlar ma’lum vaqt oralig‘ida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari  orqali to‘planadi.

Viloyat statistika ma’lumotlariga ko‘ra,2021 yilning yanvar-may oylarida qiymati 7612,0 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 15752,5 tonnadan ziyod meva va sabzavotlar eksport qilingan.

2021- yil 1 iyun holatiga viloyat bo‘yicha  4649 ta nikoh holatlari qayd etilgan.Tumanlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich 851 ta nikoh bilan Sh.Rashidov tumaniga to‘g‘ri keldi.

2021 yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning doimiy aholisi soni  1 424 845 taga yetdi. Eng ko‘p aholi Sh.Rashidov tumani va Jizzax shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.

Faqat taxminlarga tayanib ish ko‘rgan odam yutqazadi. Tavakkalchilik, bashoratgo‘ylik ma’lum jabhalardagina zarur. Aniq statistika esa har sohada kerak. Busiz rivojlanish haqida gapirish o‘rinsiz. Ayniqsa, hozirgi tez o‘zgarib borayotgan zamonda!

Bugun biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan mavzu ham bevosita statistikaga daxldor. Ya’ni aholini ro‘yxatga olish haqida.

Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Kasimov Kamaliddin Nuriddinovich  olamdan o‘tdi. U 39 yoshda edi.

10 yildan ortiq vaqt mobaynida Kasimov Kamaliddin Nuriddinovich  statistika tizimida ishlagan, u yerda har doim o‘zining mehnatsevarligi, har bir ishga yuqori ma’suliyat va puxtalik bilan yondashishi, har kimni tushunish qobiliyati bilan ajralib turar edi.

Jahon tajribasida mamlakat aholisining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, kasbi, bandligi, daromad manbai va boshqa jihatlar bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘plashning eng samarali usuli aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish hisoblanadi. Shu bois, 2023 yilda mamlakatimizda ilk bor o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga hozirdan jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Turli xil tipologik guruhlarda odamlarning tarqalishi o‘zgaradi: jinsi, yoshi, ma’lumotlilik darajasi, etnik kelib chiqishi va boshqalar. Kimdir vafot etadi, kimdir aksincha, dunyoga keladi, kimdir o‘rnini o‘zgartiradi. kimdir turmushga chiqadi, kimdir ajrashadi ... Bir so‘z bilan aytganda, aholida doimiy o‘zgarishlar, uning xususiyatlari, tuzilishi va demografik jarayonlar mavjud.

Boshqarmada 2021 yil 2 iyulda “Davlat gerbi – iftixor va g‘urur timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

  • So‘rov usuli — ro‘yxatga olish maxsus anketani to‘ldirish, yuzma-yuz suhbat asosida, inspektor tomonidan amalga oshiriladi. Bu Rossiya Federatsiyasi va boshqa MDH mamlakatlarida qo‘llaniladi