So'nggi yangiliklar
15/11/2022 • So'nggi yangiliklar
Jizzax viloyati bo‘yicha 2022– yilning yanvar–sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 308,3 ming t. sabzavotlar (2021– yilning yanvar– sentabriga nisbatan 1,5% ga ko‘p) yetishtirildi. Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot yetishtirish umumiy hajmidan 58,1 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
2022- yilning oktabr oyida sement oylik nisbatda 1,3 % ga, yil boshidan 6,0 % ga va yillik nisbatda 2,5 % ga qimmatlashdi.
2022– yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 22,5 ming t. uzum (2021– yilning yanvar-sentabriga nisbatan 4,7 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Uzum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, uzum ishlab chiqarish umumiy hajmidan 70,5 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
2022– yilning yanvar–sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 7707,6 t. (2021– yilning yanvar–sentabriga nisbatan 51,1 % ga ko‘p) baliq ovlandi. Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan 58,9 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 2021- yil bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 98,8 foizga oshgan.
11/11/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning 1- noyabr holatiga respublikamizda 15 153 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 531 taga oshgan bo‘lib, eng ko‘p miqdori quyidagi Davlatlarga to‘g‘ri keldi:
Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida 24 ta xorijiy davlatdan qiymati 31,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 23,6 ming tonna choy import qilgan.
2022- yilning yanvar–sentabr oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 508,4 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 161,6 mln. AQSH dollariga yoki 46,6 % ga koʻpaydi.
Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 14,2 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 102,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-sentabr oylar yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 12,4 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 103,7 % ga oshdi va ishlab chiqarish hajmi 979,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
2022- yilning oktabr oyida respublika boʻyicha 85 306 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
10/11/2022 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11- noyabrdagi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qaroriga muvofiq, ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida faol ishtirok etayotgan shahar va tuman ro‘yxatga olish bo‘limlari xodimlari boshqarma rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
10/11/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-sentabr oyilar davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 43,4 ming tonna yumshoq bug‘doy va spelta uni ( 8,3 % kamaygan), 27,7 ming tonna paxta tolasi ( 17,4 % ga kamaygan), holda ishlab chiqarilib, 46,7 ming tonna paxta chigiti 4,9 % ga ) kamaygani kuzatildi.
2021/2022- o‘quv yili boshiga ko‘ra, mamlakatimiz kasb-hunar maktablarida 9,9 ming nafar o‘qituvchilar bo‘lib, shundan 5,0 (50,5%) ming nafari ayol o‘qituvchilar, 4,9 (49,5 %) ming nafarni esa erkak o‘qituvchilar tashkil etgan.
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 138,8 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 1,8 % ini tashkil etdi.
10/11/2022 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning yanvar-sentabr oyida 12,7 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan, ulardan:
2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida jami 2534,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 106,0 % ni tashkil etdi.
10/11/2022 • So'nggi yangiliklar
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 30- iyundagi 21- sonli qаrоri “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jalik qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizomi” tasdiqlangan.
204-sahifa 258 dan