Haftaning xar juma “Kitobxonlik ”kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida kitobxonlik madaniyatini oshirish,xodimlar orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, kitobxon sonini ko'paytirish orqali o'sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini shakllanishiga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi xodimlari hamda ma’naviyat ishlari bo’yicha mas’ul Saipova Feruza ishtirokida

Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida Xalqaro kongress markazida Milliy kitobxonlik harakatiga start berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari kitob mutolaasi inson ma’naviyati, intellektual salohiyati va jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanini ta’kidlab, aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, yosh avlodni mutolaaga oshno etish va milliy adabiyotni qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda strategik ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.

So‘nggi yillarda mamlakatda kitobxonlikni rivojlantirish, kutubxona tizimini modernizatsiya qilish, milliy va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, kitob mahsulotlari nashri va tarqatilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Milliy kitobxonlik harakati ana shu jarayonlarni yangi bosqichga olib chiqish, jamiyatda mutolaa muhitini kuchaytirish hamda kitobni ma’naviy taraqqiyotning asosiy vositasi sifatida qaror toptirishga xizmat qiladi.“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan “Fuqarolar kitob mutolaasi to‘g‘risida: qiziqish va afzalliklar” mavzusidagi jamoatchilik fikri so‘rovi natijalari ham mamlakatda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada ortib borayotganini ko‘rsatdi.

“Har oyda 1 kitob o‘qiymiz" nomli kitobxonlik kuni tashkil qilindi.Yakuniy so‘z o‘rnida shuni aytmoqchimanki, kitobxonlik kuni faqat bir kunlik bayram bo‘lib qolmasin. Har bir kuningiz kitob bilan, mutolaa zavqi bilan o‘tsin. Kitobni seving, chunki u — tuganmas xazina.



