1-notijorat shakli, 1- nnt shakli va 1-fx shakli , 1-kb (qx) shakli yillik davlat statistik hisobotlarini elektron tarzda taqdim etish va ma’lumotlar qanday shakllanishi boʻyicha o’quv amaliy seminar tashkil etildi.Joriy yilning 27- yanvar kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi “Ijtimoiy soha statistikasi” va “Qishloq xo’jaligi va ekalogiya statistikasi” bo‘lim xodimlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari va qishloq xo’jaligi statistikasiga oid Davlat statistika hisobotlarini taqdim etuvchi xo'jalik yurituvchi subyektlar hisobchilari hamda mas'ul xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda eStat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda 1-notijorat shakli (notijorat tashkilotlari faoliyati to’g’risida)gi, 1- nnt shakli (nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati to’g’risida)gi (yillik) va 1-fx shakli (fermer xo’jaligi faoliyati to’g’risida)gi, 1-kb (qx) shakli (Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xo`jaligi faoliyati to`g`risida)gi (yillik) Davlat statistika hisobotini muddatidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz taqdim etish, ma’lumotlarning qanday shakllanishi va nimalarga e’tibor berishlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Amaliy o’quv seminari yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati