So'nggi yangiliklar

2022- yilning 1-yanvar holatiga respublikamizdagi doimiy aholi soni 35,3 mln. kishini tashkil etgan.

Respublikamizda 2022- yilning yanvar-avgust oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 barobarga oshgan.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2022- yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 119,3 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 2,0 % ini tashkil etdi.

Barcha mutaxassisliklar bo‘yicha vrachlar soni 2017- yilda 2139 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 2619 nafarga yetib, o‘sish sur’ati 1,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari sohasida yuqori o‘sishga erishildi (21,5 %). 2021- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati bilan solishtirganda farq 4,7 punktni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-avgust oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 894,3 mlrd. so‘mga oshib, 5 020,8 mlrd. so‘mga yetdi.

2022- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida 52 ta shifoxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda

2022– yilning yanvar–iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3655,3 t. (2021– yilning yanvar–iyuniga nisbatan 7,5 % ga ko‘p) baliq ovlandi.

2022– yilning yanvar–iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 165,4 mln. dona tuxum (2021– yilning yanvar–iyuniga nisbatan 26,4 % ga ko‘p) yetishtirildi. Tuxum yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, tuxum yetishtirish umumiy hajmidan 46,8 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida, Jizzax viloyatida jami 2266,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvaravgust oylariga nisbatan 106,3 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-avgust oylarida viloyat korxonalari tomonidan 6012,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlabn chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,0 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning avgust oyida tovuq goʻshti 0,4 % ga arzonlashdi. Yil boshidan esa ushbu mahsulot narxlari 4,5 % ga, yillik nisbatda 15,2 % ga oshgan.

Joriy yilning avgust oyida kimyoviy tozalash xizmatlari respublika boʻyicha oʻrtacha 1,0 % ga qimmatlashdi.

Joriy yilning 27–29-sentabr kunlari hududiy statistika boshqarmalarining Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limlari tomonidan “4 mehnat shakli” statistika hisobotini to‘ldirish va taqdim etish yuzasidan subyektlar uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi.