Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Jizzax viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 77,0 %ni tashkil etadi.
Shundan:
- bir bolalilar 21,2 %;
- ikki bolalilar 24,6 %;
- uch bolalilar 20,8 %;
- to‘rt va undan ko‘p bolalilar 10,4 %.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 23,0 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.
Axborot xizmati