23/12/2022

Joriy yilning 23- dekabr kuni Jizzax viloyat statistika boshqarmasida Davlat Statistika Qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan 2021-2022 yil uchun kompleks tekshiruvlar natijasi yuzasidan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda Davlat Statistika Qo‘mitasi raisining axborot- kamunikatsiya texnologiyali va axborot havsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Ziyayev onlayin tarzda, Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi G`ulomov Shovkat Abdurahmonovich hamda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo‘limlari va hududiy statistika bo‘limi boshliqlari qatnashishdi. Yig‘ilishda viloyat statistika tizimida yil davomida amalga oshirilgan ishlar, chora-tadbirlar, kompleks tekshiruv natijalari muhokama etilib, sarhisob qilindi.

Rais o‘rinbosari tomonidan boshqarma va hududiy statistika bo‘limi rahbarlaridan yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar, 2022- yil davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan o‘zlariga tegishli xulosa chiqarib olishlarini, kelgusida bu kabi kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rishlarini, davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar bo‘yicha ijro holati, hisobotlar qamrovi hamda kuzatuvlarni aniq va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Axborot xizmati