“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ-803-sonli qonun mazmun-mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi va targ‘ibot yig‘ilishida qonunning muhim jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi to‘g‘risida to‘xtalib, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.Ushbu Qonunning amal qilishi ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi: yer uchastkalariga; binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga; ko‘p yillik dov-daraxtlarga; mulkiy majmua sifatidagi korxonaga. Ushbu Qonunning amal qilishi yer osti boyliklariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy prinsiplari haqida quyidagi fikrlar bildirib o‘tildi: Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik; ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning majburiyligi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning ustuvorligi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi;
taqqoslanuvchanlik va muvofiqlik prinsiplari belgilangan bo‘lib ularning mazmuniga to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Axborot xizmati