Korrupsiya- shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.
Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmasligi;
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
davlat fuqarolik xizmatchisining manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat o‘tkazilishini ta’minlash;
davlat fuqarolik xizmatchisining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimini joriy etish;
davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan sovg‘alar olish va berish tartibini belgilash;
davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini, moddiy ta’minot olishini va rag‘batlantirilishini ta’minlash.
Qonunchilikda davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Axborot xizmati