2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida o`zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 82,8 % ni, yoki 6184,6 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 105,2 % ni tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 17,2 %, yoki 1294,1 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,3 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati