So'nggi yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 1-iyulidan eʼtiboran respublikamizning barcha hududlari (shahar va tumanlari)da aholini roʻyxatga olish boʻlimlari tashkil etildi.

Jizzax viloyatining Yangiobod  va Zafarobod tumanlarida mazkur bo‘lim xodimlari tomonidan aholi yashash punktlarida xaritalarni oʻrganish ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 1-avgustidan boshlab  barcha shahar va tumanlarda turаr joylar vа binolar ro‘yxatini tuzuvchi hamda kartografik materiallarga aniqlik kirituvchi xodimlar- registratorlar ish jarayonlari boshlanadi.

Jizzax viloyati Zarbdor tumani Ravot hamda Yangi hayot MFYlarida mazkur bo‘lim xodimlari tomonidan aholi yashash punktlarida xaritalarni oʻrganish ishlari boshlandi.

Joriy davrda 617,8 mlrd. so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 61,0 % ulushini tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 80,8 % ni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek ishlab chiqarish sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 1221,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 27,4 % i o‘zlashtirilgan, turar joy binolari qurilishiga 109,4 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 5,5 % ga yo‘naltirilgan.

Jizzax viloyati Paxtakor tumani Oltinko‘l MFYda mazkur bo‘lim xodimlari tomonidan aholi yashash punktlarida xaritalarni oʻrganish ishlari boshlandi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida, Jizzax viloyatida jami 1718,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib,o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar- iyun oylariga nisbatan 107,4 % ni tashkil etdi.

Jizzax viloyati Arnasoy tumani Oybek MFYda mazkur bo‘lim xodimlari tomonidan aholi yashash punktlarida xaritalarni oʻrganish ishlari boshlandi.

Zomin tuman statistika bo'limi tomonidan“Aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish” mavzusida seminar o`tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2022-yil 6-iyulda qabul qilingan “2022—2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165-son qarori mazmun-mohiyati va “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish yuzasidan 2022 yil uchun “YO‘L XARITASI”da belgilangan vazifalar va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida targ‘ibot tadbir o‘tkazildi.

2021-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 1,1 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 103,5 % ni tashkil etgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-iyun oylarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 14,4 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 109,4 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-iyun oylar yakunlariga ko‘ra, oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 12,6 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 5,5 % ga oshdi va ishlab chiqarish hajmi 654,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat korxonalari tomonidan 5153,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,1 % ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 7 432,9 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 % ga yuqoridir.

Jizzax viloyatida 2021 yil maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni  282  tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 17 taga ortgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘rinlar soni jami 39118 tani tashkil etib tarbiyalanuvchi bolalar soni jami 59696 nafar, shundan qizlar 29069 nafarga yetdi. 2020 yilga nisbatan jami tarbiyalanuvchi bolalar soni 7596 nafarga, shu jumladan qizlar 3742 nafarga ko‘paygan.   

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish boʼyicha umumxalq muhokamasi qizg`in davom etmoqda. Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar va Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari hududlarda bo`lib, aholiga qonun loyihasining mazmun-mohiyati to`g`risida ma’lumotlar berilmoqda.