YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir.
O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 103,3 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 49,7 %),
sanoatda – 107,5 % (14,0 %), qurilishda – 106,0 % (6,1 %),
xizmatlar sohasida – 105,0 % ni (30,2 %) tashkil etdi.
Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 111,3 % (6,1 %),
tashish va saqlash, axborot va aloqa 109,3 % (3,7 %),
boshqa xizmat tarmoqlarida 102,4 % dan (20,4 %) iborat bo‘ldi.