So'nggi yangiliklar

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra 2 184 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 456 taga yoki 126,4 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi 2022 yil 12 aprelda qabul qilingan O‘RQ-763-sonli va “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi 2022-yil 15-apreldagi O‘RQ-764-sonli qonunlar qonun to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berildi.

2022-yilning yanvar-may oyida viloyatning Zafarobod va Sharof Rashidov tumanlaridan tashqari barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Xizmatlar sohasining kengayishi va rivojlanishi, milliy daromadlarning oshishini ta’minlovchi hamda aholi uchun munosib turmush darajasini ta’minlashning hal qiluvchi omilidir.

2021/2022 o‘quv yili boshida kasb- hunar ta’limi muassasalarida 6,8 ming o‘quvchi tahsil olmoqda.

Viloyat bo‘yicha 2022- yilning yanvar-may oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 877,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-may oylariga nisbatan 9,5 % ga oshdi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2022- yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 33,0 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 1,3 % ini tashkil etdi.

“Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari va mehnatga oid munosabatlarning subyektlari” mavzusida yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berildi.Yig‘ilish davomida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning maqsadi, vazifalariga aloxida to‘xtalib o‘tildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2020-yil yakunlariga koʻra jami 313,4 ming tonna mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha soʻngi 5 yil davomida eng yuqori koʻrsatkich 2017-yilda qayd etilgan.

2022- yil yanvar-aprel oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 120,1 mlrd.so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 5,3 % ini tashkil etdi. 2021- yil yanvar- aprelga nisbatan o‘sish sur’ati 100,1 % ni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-aprel oylari yakunida tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida,

2022- yilning yanvar-aprel oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 44,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Xizmatlarning umumiy hajmida ularning ulushi 2,0 % ni tashkil etdi.

Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2022- yil yanvar-may oylari yakuniga ko‘ra, 3454,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-may oylariga nisbatan 12,1 % ga oshdi.

Viloyat bo‘yicha 2022-yilning yanvar-may oylarida chakana savdo aylanmasi 4031,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 15,0 % ga oshdi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-aprel oylarida metallurgiya sanoati ulushi 1,7 % ni tashkil etib, uning fizik hajm indeksi 74,1 % ga tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-aprel oylar yakunlariga ko‘ra, metallurgiya sanoatining ulushi 0,8 % gacha kuzatildi, fizik hajm indeksi esa, 153,2 % o‘sish sur’atlari kuzatildi va ishlab chiqarish hajmi 23,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 71,0 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 0,9 % punktga kamaydi.