So'nggi yangiliklar

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyunida Jizzax viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 10 782,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 4,5 % ga o‘sdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4796-sonli qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida uch ariq mahalla fuqarolar yig‘inida davra suhbati tashkil etildi.

2022 yil 1 iyul holatiga viloyat bo‘yicha 827  ta  ajrim holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

2022 yil 1 iyul holatiga viloyat bo‘yicha 4148 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

2022 yil 1 iyul viloyatimizda jami 18 330 kishi tug‘ilgan, tumanlar orasida eng ko‘p Sharof Rashidov tumanida 2914 kishi, Jizzax shahrida 2816 kishi tug‘ilganligi qayd etilgan:

2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jami moddiy madaniy meros obyektlari soni 8 210 tani tashkil etgan boʻlib, shundan 617 tasi (jami moddiy madaniy meros obyektlarining 7,5 %i) monumental sanʼat yodgorliklari hisoblanadi.

2022- yilning yanvar-may oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 131,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 123,3 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etgan.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 6,4 % ni tashkil etib, 2021- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,6 % punktga ko‘paydi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-may oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 536,2 mlrd. so‘mga oshib, 3 026,4 mlrd.so‘mga yetdi.
Taqqoslama ekvivalentda 2021- yilning yanvar-may oylariga (118,9 %) nisbatan o‘sish sur’ati 113,7 % ni tashkil etdi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-may oylarida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 0,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 58,4 % ni tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-may oylarida viloyat korxonalari tomonidan 3864,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-mayga oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 106,2 % ni tashkil etdi.

2022-yil yanvar-may oylari holatiga ko‘ra o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2786,0 ming so‘m (2022- yil yanvar-may oylariga nisbatan 112,4 % ga oshdi), hududlarda aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi ko‘rsatkichlarida o‘sish sur’atlari kuzatildi.

2021-yilning yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra, kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 6,2 % ni, fizik hajm indeksi esa 126,7 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 4,1 %, fizik hajm indeksi 88,5 % ni, ishlab chiqarish hajmi esa 159,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Viloyatimizda tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga tayanib, 2022- yilning yanvar-may oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 24,7 % ni tashkil etib, 2021- yilning shu davriga nisbatan ulushi 0,9 % ga ko‘paydi.